
- 1
- 06.02.2026 14:41:00
- 1 min read
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokistonga davlat tashrifini yakunladi. Islomobodda u Prezident Asif Ali Zardoriy va Bosh vazir Shahboz Sharif bilan muzokaralar o‘tkazdi.Uchrashuvlarda O‘zbekiston–Pokiston strategik sherikligini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Tashrif yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.Davlatimiz rahbari biznes forumda qatnashdi, ishbilarmonlar bilan uchrashdi hamda Pokistonning oliy mukofoti — “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi.Tashrif yakunlangach, Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.