Bugundan boshlab dorixonalardan shifokor retseptisiz dori sotib olib bo‘lmaydi

Bugundan boshlab dorixonalardan shifokor retseptisiz dori sotib olib bo‘lmaydi
  • 0
  • 12.12.2025 10:35:00
  • 1 min read

12-dekabrdan O‘zbekistonda DMED elektron retsept tizimi ishga tushadi. Endilikda retsept bo‘yicha beriladigan barcha dori vositalari faqat raqamli retsept asosida sotiladi. Shifokor retseptni DMED tizimi orqali rasmiylashtiradi, bemor esa dorixonada ID yoki QR-kod orqali dori oladi. Tizimda retsept ma’lumotlarini soxtalashtirish yoki o‘zgartirish imkoni mavjud emas.
Qoidalarga ko‘ra, antibiotiklar, gormonal va psixotrop preparatlar, shuningdek, ko‘rsatmasida “retsept bo‘yicha” deb belgilangan barcha dorilar faqat raqamli retsept bilan beriladi.
Mazkur tartib dorilarni nazorat ostida berish, antibiotiklarning nazoratsiz sotilishini cheklash va xalqaro standartlarga moslash maqsadida joriy etildi. Retseptsiz sotiladigan dorilar ro‘yxati keyinchalik Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News