Ayrim xizmatlar uchun to‘lovlar endi bank kartalari orqali amalga oshiriladi

Ayrim xizmatlar uchun to‘lovlar endi bank kartalari orqali amalga oshiriladi
  • 0
  • 31.03.2026 12:07:00
  • 1 min read

Joriy yilning 1 – aprelidan boshlab, iqtisodiyot, to‘lov tizimlari hamda savdo sohalariga bir qator o‘zgarish va yangiliklar kiritiladi. Bu haqda Prezidentning PF-246-sonli farmonida e’lon qilindi. Farmonga ko‘ra, 1-apreldan quyidagi to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron tizimlar orqali amalga oshiriladi:
•  davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
•  elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan foydalanish uchun to‘lovlar;
•  spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari;
•  transport vositalariga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektr transportlarini zaryadlash xizmatlari;
•  qiymati 25 mln so‘mdan oshadigan tovar va xizmatlar;
•  ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.
Mazkur chora-tadbirlar 2030-yilga qadar yashirin iqtisodiyot ulushini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,3 baravarga qisqartirish hamda aholining savdo va xizmatlar uchun naqdsiz to‘lov ulushini 75 foizga yetkazish maqsadida ishlab chiqilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News