
- 0
- 24.04.2026 18:15:00
- 1 min read
Toshkent viloyati Angren shahrida yuz bergan pichoqbozlik oqibatida ikki nafar shaxs vafot etdi. Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, 22-aprel kuni bir guruh shaxslar o‘rtasida kelib chiqqan janjal vaqtida ulardan biri oshxona pichog‘i bilan ikki kishiga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchilar voqea joyida halok bo‘lgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.