Bolani qutqarib, yuraklarni zabt etgan o‘zbekistonlik qahramonni mukofotladi

Bolani qutqarib, yuraklarni zabt etgan o‘zbekistonlik qahramonni mukofotladi
  • 0
  • 25.02.2026 10:44:00
  • 1 min read

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 7-qavatdan yiqilgan 6 yoshli bolaning hayotini saqlab qolgan Xayrullo Ibodullayevga O‘zbekistonga qaytish aviachiptasi sovg‘a qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi (https://t.me/uzmigration/928).
Bosh konsulxonada Xayrullo Ibodullayevga “Jasorat” medali topshirildi. Qahramonlik chog‘ida jarohat olgan yurtdoshimiz hozirda shifoxonada davolanmoqda, qutqarib qolingan bolaning ahvoli yaxshi. Shuningdek, Ibodullayev ko‘rsatgan jasorati uchun Rossiyada to‘rtinchi “Tigran Keosayan” mukofoti bilan taqdirlanib, bir million rubl pul mukofoti bilan ham rag‘batlantirildi.
Ibodullayev avval ham bir bolaning hayotini saqlab qolish uchun donor bo‘lgani aytildi. Oila a’zolari uning sog‘-salomat vatanga qaytishini tilab, e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News