
- 0
- 20.07.2026 14:11:00
- 1 min read
Ispaniya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.
Nyu-Jersidagi MetLife stadionida bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Ferran Torres kiritgan yagona gol Ispaniyaga g‘alaba va chempionlikni taqdim etdi.
Shu tariqa, Ispaniya mundialning pley-off bosqichida Avstriya, Portugaliya, Belgiya, Fransiya va finalda Argentinani mag‘lub etib, 2026-yilgi Jahon chempionati g‘olibiga aylandi.