
- 3
- 14.01.2026 15:58:00
- 1 min read
Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, SpaceX kompaniyasi insoniyatni Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar bilan uchrashtirish maqsadida yulduzlararo sayohatlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. U “Yulduzli yo‘l”ni haqiqatga aylantirishni istaydi. Maskning fikriga ko‘ra, bugun fantastika bo‘lib ko‘rinayotgan narsalar kelajakda ilmiy faktga aylanadi. Avvalroq, SpaceX Marsda yashash uchun gumbazli turar-joylar va skafandrlar ishlab chiqayotgani, shifokorlar esa Qizil sayyorada ya’ni Marsda hattoki, bolalar tug‘ilishi mumkinligini o‘rganayotgani haqida xabar bergan edi. Mask Marsni mustamlaka qilishni rejalashtirgan bo‘lsa-da, hozirda u o‘zga sayyoraliklar bilan aloqa o‘rnatishni maqsad qilmoqda. Ilon Mask Marsga 2050-yilgacha bir million kishini jo‘natish hamda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari yaratishni reja qilgan. Milliarder Starship kosmik kemasining Marsga ilk parvozi 2026-yil oxirida amalga oshirilishini e’lon qildi. Agar Optimus odamsimon robotlarining vazifasi muvaffaqiyatli bajarilsa, 2029-yilda birinchi insonlar Marsga qo‘nishi mumkin.