Janubiy Koreyada sudya o‘lik holda topildi

Janubiy Koreyada sudya o‘lik holda topildi
  • 0
  • 06.05.2026 17:40:00
  • 1 min read

Janubiy Koreya sobiq birinchi xonimi Kim Gon Xiga nisbatan qamoq muddatini uzaytirgan sudya Sin Chjon O o‘lik holda topildi.

55 yoshli sudyaning jasadi Seul Oliy sudi binosi yonidagi hududda aniqlangan. Uning yonidan o‘lim oldi maktubi topilgan, biroq unda sud ishi haqida ma’lumot yo‘q. Politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda, o‘z joniga qasd qilish ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

Sudya 29-aprel kuni Kim Gon Xining qamoq muddatini 4 yilga uzaytirgan edi. U aksiyalar narxini manipulyatsiya qilish va poraxo‘rlikda aybdor deb topilgan. Sobiq prezident Yun Sok Yolning 2024-yilda harbiy holat joriy etgani bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha jazo muddati esa yetti yilga uzaytirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News