
- 2
- 15.01.2026 15:43:00
- 1 min read
Avvalroq, Qozog‘istonning Turkiston viloyatida o‘g‘il keksa otasini kaltaklab o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar bergan edik. 41 yoshli erkak o‘z otasini kaltaklab, qiynoqqa solgan. Voqea qo‘shnilar tomonidan videoga olinib, otaxon vafotidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan va jamoatchilikda katta rezonans uyg‘otgan. Sud jarayonida prokuror padarkushga 6 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘radi. Ayblanuvchi yig‘lab, qilgan ishidan chuqur pushaymon ekanini, bu uyatni ko‘tara olmasligini aytdi va butun Qozog‘iston xalqidan kechirim so‘radi. Shuningdek, u ikki nikohdan voyaga yetmagan farzandlari borligini, ularni boqish mas’uliyati zimmasida ekanini, hozirgi rafiqasi esa bolalar kichik bo‘lgani sabab ishlamasligini bildirib, suddan bu holatlarni inobatga olishni so‘radi. Sud hukmi yaqin kunlarda chiqarilishi kutilmoqda.