
- 0
- 24.04.2026 18:08:00
- 1 min read
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish operatsiyasida qatnashgan AQSH harbiysi maxfiy ma’lumotlardan foydalanib, pul tikish orqali daromad qilgani uchun qo‘lga olindi.
U Maduro qo‘lga olinganligi e’lon qilinishidan bir necha kun oldin AQSH qo‘shinlarining Venesuelaga kiritilishi va Maduro hokimiyatdan ag‘darilishi kabi voqealarga Polymarket platformasida 33 ming dollardan ortiq pul tikkan hamda 400 ming dollardan ortiq daromad topgan. Operatsiyadan so‘ng u mablag‘larni kriptovalyutaga o‘tkazib, akkauntini o‘chirishga uringan. Hozir unga firibgarlik va maxfiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish ayblovlari qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3-yanvar kuni AQSH maxsus kuchlari Karakasda operatsiya o‘tkazib, Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga olib AQSHga olib ketgan edi.