
- 2
- 26.01.2026 08:22:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi tog‘li Langar qishlog‘ida o‘qituvchi ayolning tizza bo‘yi yog‘gan qorga qaramay, o‘quvchilariga dars berish uchun maktabga shoshilayotgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu lavha ko‘plab foydalanuvchilarni hayratga soldi. Uning bu harakati kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va mas’uliyatini yaqqol namoyon etib, barchaga ibrat bo‘lmoqda.