
- 2
- 10.04.2026 10:54:00
- 1 min read
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 2026-yilgi Nomzodlar turnirida yangi rekord qayd etdi. U turnirning hozirgi formatida 6 ta g‘alabaga erishgan ilk shaxmatchiga aylandi.
Sindorov 10 turdan so‘ng 6 g‘alaba va birorta ham mag‘lubiyatsiz 8 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchisi Anish Giridan 2 ochkoga oldinda. So‘nggi turda u hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaani mag‘lub etdi.
Turnir 15-aprelgacha davom etadi va g‘olib amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bahs o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.