Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi

Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi
  • 0
  • 25.05.2026 16:58:00
  • 1 min read

AQSH prezidenti qarorgohi yaqinida qurollangan erkak otishma sodir etdi. Hodisa vaqtida navbatchilik qilayotgan Maxfiy xizmat xodimlari javob o‘qi uzib, hujumchini yaralagan. U shifoxonada vafot etgan. Otishma oqibatida bir nafar yo‘lovchi ham jarohatlangan. Maxfiy xizmat xodimlari orasida jabrlanganlar yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi 21 yoshli Nasir Best bo‘lib, unda ruhiy muammolar bo‘lgan. U avval ham Oq uy hududiga kirishga uringan. Hodisa vaqtida Donald Tramp Oq uyda bo‘lgan, biroq unga zarar yetmagan. Otishma ovozlari Oq uy hududida ishlayotgan jurnalistlarning jonli efiriga ham yozilib qolgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News