
- 0
- 08.04.2026 10:37:00
- 1 min read
Istanbulning Beshiktosh tumanidagi Isroil konsulxonasi oldida qurolli hujum sodir bo‘ldi. Uch nafar shaxs binoga kirishga uringan, shundan ikki nafari qurollangan bo‘lgan. Qo‘riqchilar va politsiya hujumni to‘xtatishga uringan paytda otishma kelib chiqqan va u 10 daqiqadan ortiq davom etgan.
Natijada hujumchilardan ikki nafari o‘ldirilgan, yana biri yarador holda qo‘lga olingan. Otishma chog‘ida ikki nafar politsiyachi ham jarohat olgan. Holat yuzasidan tergov ishlari boshlangan.