Oq uy yaqinida otishma: ikki harbiy yaralandi

Oq uy yaqinida otishma: ikki harbiy yaralandi
  • 6
  • 27.11.2025 08:29:00
  • 1 min read

26-noyabr kuni AQSHning Vashington shahrida Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Otishmada Milliy gvardiyaning ikki harbiy xizmatchisi yaralandi. Reuters xabariga ko‘ra, hujumni 29 yoshli Afg‘oniston fuqarosi Rahmonulla Lakanval amalga oshirgan. U o‘q jarohati bilan qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, Lakanval 2021-yilda afg‘onlar uchun maxsus viza dasturi orqali AQSHga kelgan, biroq vizasi muddati tugaganidan keyin mamlakatda noqonuniy yashab yurgan. Hujum terrorchilik harakati sifatida tergov qilinmoqda. Otishma Milliy gvardiya kuchaytirilgan patrulda bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi burchakdan chiqib, harbiylarga kutilmaganda o‘q uzgan. Ikki askarning ahvoli og‘ir. Hujumchi esa boshqa gvardiyachilar tomonidan darhol zararsizlantirilgan.
Vashington meri bu “maqsadli hujum” ekanini aytdi. Hodisa vaqtida prezident Donald Tramp Floridada bo‘lgan. Oq uy vaqtincha yopilib, ko‘plab federal va shahar xavfsizlik kuchlari hududga jalb etilgan.
Tramp hujumchini keskin tanqid qilib, Vashingtonga yana 500 nafar qo‘shimcha gvardiyachi yuborishni buyurdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News