Shomurodov Messi va Mbappeni ortda qoldirdi

Shomurodov Messi va Mbappeni ortda qoldirdi
  • 4
  • 01.07.2026 12:51:00
  • 1 min read

Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga urgan goli FIFA muxlislari ovoziga ko‘ra JCH-2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi.
FIFA rasmiy saytida o‘tkazilgan ovoz berishda Shomurodovning goli guruh bosqichida urilgan 12 ta gol orasida birinchi o‘rinni egalladi. U ovoz berishda Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi yulduzlar gollarini ham ortda qoldirdi.
Ushbu gol Kongo DRga qarshi o‘yinning 10-daqiqasida urilgan bo‘lib, Shomurodov to‘pni darvozabon ustidan mahorat bilan oshirib gol urgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News