AQSHni larzaga solgan voqea: Minneapolisda ICE reydi vaqtida ayol otib o‘ldirildi

AQSHni larzaga solgan voqea: Minneapolisda ICE reydi vaqtida ayol otib o‘ldirildi
  • 1
  • 08.01.2026 09:41:00
  • 1 min read

AQShning Minnesota shtati Minneapolis shahrida Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) reydi chog‘ida 37 yoshli amerikalik ayol federal agent tomonidan otib o‘ldirildi. Hodisa mamlakat bo‘ylab keskin bahs va noroziliklarga sabab bo‘ldi.
AQSh Ichki xavfsizlik departamentiga ko‘ra, ayol ICE xodimlarini mashinasi bilan bosib o‘tishga uringan, shundan so‘ng agent o‘zini himoya qilish uchun o‘q uzgan. Ichki xavfsizlik kotibi Kristi Noem va Donald Tramp bu holatni “o‘zini himoya qilish” deya baholab, ICE xodimlarini qo‘llab-quvvatladi. Biroq Minnesota gubernatori Tim Uolts ushbu da’volarni rad etib, voqea tasvirlangan videoda ayol mashinani qurol sifatida ishlatmaganini bildirdi.
Ushbu fojiadan g‘azablangan odamlar namoyishlarni boshlashdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News