Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
  • 4
  • 21.10.2025 12:23:00
  • 1 min read

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-oktabr kuni Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, qurilish va jihozlash ishlari bilan tanishdi. Markaz 2017-yilgi prezident qaroriga asosan barpo etilgan bo‘lib, 2018-yil Ramazon hayitida poydevoriga tamal toshi qo‘yilgan. Majmuada qadimiy Usmon Mus’hafi, turli sulolalar davridagi Qur’on nusxalari va buyuk allomalar merosi namoyish etiladi. Davlat rahbari markaz faoliyatini boyitish, ekspozitsiyalarni tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli va tushunarli tarzda tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News