Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy va Islom Karimov maqbaralarini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy va Islom Karimov maqbaralarini ziyorat qildi
  • 11
  • 30.10.2025 18:41:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Prezident tashrif chog‘ida 44 gektar maydonda qayta qurilgan Imom Buxoriy majmuasidagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, ziyorat qildi. 
Shuningdek, davlat rahbari Hazrati Hizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident Islom Karimov maqbarasiga gul qo‘ydi.

❗️30-oktabrdan 13-noyabrgacha Samarqand YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilmoqda, unda 190 davlatdan 2800 dan ortiq vakillar ishtirok etadi. Mazkur sessiya soʻnggi 40 yil ichida ilk bor Parijdagi bosh qarorgohdan tashqarida va birinchi marta Markaziy Osiyoda oʻtkazilmoqda. Oʻz navbatida anjuman YUNESKO tashkil etilganining 80 yilligi bilan bir vaqtda oʻtmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News