Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi
  • 0
  • 04.05.2026 15:59:00
  • 1 min read

Joriy yilning 3-may kuni Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida Samarqandga tashrif buyurdi. Prezident tashrifni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlab, majmuaga tashrif buyuruvchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Xususan, avtoturargohlarni kengaytirish, hududni obodonlashtirish, ziyoratchilar uchun qulay muhit yaratish va bu boradagi ishlarni muntazam tahlil qilib borish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, respublika bo‘ylab imom-xatiblarni majmuaga jalb etish hamda, ularning malakasini oshirish muhimligi qayd etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News