Shavkat Mirziyoyev Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurdi
  • 0
  • 09.04.2026 14:10:00
  • 1 min read

Joriy yilning 9-aprel kuni prezident poytaxtdagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk sarkarda Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari qaroriga muvofiq, endilikda har yili aprel oyi yurtimizda Amir Temur oyligi sifatida nishonlanadi. Shu doirada temuriylar davri tarixini chuqur o‘rganish, ilmiy tadqiqotlarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan 2030-yilgacha mo‘ljallangan maxsus “yo‘l xaritasi” ham ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, yil yakuniga qadar Temuriylar tarixi davlat muzeyini zamonaviy talablar asosida yangilash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiya yaratish rejalashtirilgan. Hozirda, Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan poytaxtda Amir Temur va temuriylar Renessansiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro anjuman tashkil etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News