
- 0
- 21.04.2026 10:44:00
- 1 min read
Joriy yilning 20-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan hukumat raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturovni qabul qildi. Uchrashuvda Tatariston, Boshqirdiston Respublikalari, Leningrad, Kirov, Irkutsk va Omsk viloyatlari, shuningdek, Rossiyaning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi. Mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Vladimir Putinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo hamda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, suv xo‘jaligi, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida yangi loyihalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, Rossiya hududlari va kompaniyalari rahbarlari prezidentga turli tarmoqlarda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha aniq rejalarini taqdimot qildi