Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
  • 0
  • 16.04.2026 10:35:00
  • 1 min read

Prezident joriy yilning 15-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuv boshida mehmon davlat rahbariga Vladimir Putinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Muzokaralarda Oʻzbekiston–Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasi, tinch atom sohasidagi hamkorlik, raqamli texnologiyalar, yoshlar siyosati va ommaviy axborot vositalari yoʻnalishlarida hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News