
- 1
- 22.12.2025 09:46:00
- 1 min read
21-dekabr kuni Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengash yigʻilishida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatuvchi davlat rahbari sifatida qatnashdi.
Sammitda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi, transport va raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekistonning YOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi soʻnggi toʻrt yilda ikki baravarga oshib, 20 milliard dollarga yaqinlashdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston va YOII oʻrtasida bojxona chegaralaridan oʻtadigan tovar va transport vositalari haqidagi maʼlumotlarni almashish boʻyicha muzokaralarni boshlash qarori qabul qilindi.
Prezident savdo toʻsiqlarini bartaraf etish, standartlarni uygʻunlashtirish, sanoat loyihalarini birgalikda tuzish, raqamli platformalarni joriy etish tashabbuslarini ilgari surdi va Oʻzbekistonning YOII bilan keng qamrovli, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qatʼiy intilishini taʼkidladi.