Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
  • 4
  • 09.05.2026 09:42:00
  • 1 min read

8-may kuni Moskva shahrida Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuv o‘tkazdi.
Davlat rahbarlari avvalo bir-birini G‘alabaning 81 yilligi bilan tabrikladi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro savdo hajmi ortib borayotgani, sanoat, energetika va metallurgiya sohalaridagi qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Shuningdek, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo sur’atini saqlab qolish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News