
- 1
- 30.12.2025 14:06:00
- 1 min read
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, qurilish maydoni 40 ming kvadrat metrdan iborat bo‘lgan, qiymati 100 million dollarlik mazkur avtoturargohda birinchi bosqichda 200 ta yengil avtomobil hamda 30 ta mototsikl va skuterlarni joylashtirish imkoniyati bo‘ladi. To‘rt tomonlama qulay va xavfsiz harakatlanish uchun piyodalar yo‘lagi quriladi. Bu yerda avtomatlashtirilgan parkovka tizimlari, velosipedlar ijarasi nuqtalari tashkil qilinib, elektromobillarni zaryadlash uchun stansiyalar ham barpo etiladi. Mazkur avtoturargohni 2026-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Prezident bu kabi zamonaviy avtoturargohlarni ko‘paytirish, ular aholi uchun maksimal darajada qulay bo‘lishini ta’minlash, kelgusida elektromobillar ulushi ortishini hisobga olib, ularni quvvatlash infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.