
- 4
- 22.04.2026 12:37:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Ostonaga bordi.
Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi “EXPO” xalqaro ko‘rgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari bilan birga Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston delegatsiyalari ham qatnashmoqda.
Ko‘rgazmada iqlim o‘zgarishi, ekologik xavfsizlik, chiqindilarni boshqarish, tabiiy resurslarni asrash va “yashil” iqtisodiyot kabi ustuvor yo‘nalishlar taqdim etildi.
Shuningdek, Orol dengizi muammosi va mintaqaviy ekologik hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sammit yakunida bir qator muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.