Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada
  • 3
  • 19.12.2025 14:36:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga yetib bordi. “Xaneda” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif doirasida Prezident Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tashrifning asosiy tadbirlari 19–20-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Prezident Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi, shuningdek, rasmiylar, ishbilarmonlar va akademik doiralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News