
- 1
- 20.12.2025 16:36:00
- 1 min read
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlik va koʻp qirrali munosabatlarni kengaytirish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Sammit yakunida Tokio deklaratsiyasi qabul qilindi. Yaponiyadagi tadbirlar yakunlangach, Oʻzbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadigan Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining boʻlajak yigʻilishi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi yetakchilarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Rossiyaga joʻnab ketdi. “Xaneda” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Yaponiya Parlamenti deputati Muneo Suzuki, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Osuru Tesuya va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.