
- 2
- 15.12.2025 09:43:00
- 1 min read
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Bu Para Osiyo o‘yinlari tarixida mamlakat uchun eng yuqori natija bo‘ldi.
Prezident tabrigida sportchilarning bukilmas irodasi va yuksak mahorati alohida e’tirof etilib, qator para sportchilar tomonidan jahon va Osiyo rekordlari o‘rnatilgani ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston madhiyasi turnir davomida qariyb 100 marta yangragani yurt nufuzini oshirgan muhim ko‘rsatkich ekani qayd etildi.
Davlat rahbari paralimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan yangi qarorlar sportchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishini, inklyuziv jamiyat barpo etish yo‘lidagi islohotlar izchil davom etishini bildirdi.