Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi
  • 5
  • 08.12.2025 09:50:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev 8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan mamlakat fuqarolarini samimiy tabrikladi. U Konstitutsiyaning davlat boshqaruvi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda demokratik islohotlardagi o‘rnini alohida qayd etdi.
Tabrikda so‘nggi yillarda parlament vakolatlari kengaygani, mahalliy kengashlar va hokimliklarda vakillik demokratiyasining kuchaygani eʼtirof etildi.
Shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar natijasi sifatida aholining daromadi, taʼlim va sog‘liq ko‘rsatkichlari yaxshilanganligi, kambag‘allik darajasi tushirilgani va xalqaro reytinglarda ko‘tarilishlar erishilganligi taʼkidlandi.

Shu o‘rinda, CASIA jamoasi ham barchani Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi. Yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik va barqarorlik doimo mustahkam bo‘lishini tilaymiz.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News