
- 1
- 06.02.2026 13:35:00
- 1 min read
Islomoboddagi “Ayvoni Sadr” qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Pokistonning eng yuksak davlat mukofoti — “Nishoni Pokiston” ordeni tantanali ravishda topshirildi. Mukofotni Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy topshirdi.
Tadbirda bu nufuzli mukofot O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga berilgan yuksak baho ekani ta’kidlandi.
Tomonlar ikki davlat aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etdi.
Mazkur orden ilgari Yelizaveta II, Nelson Mandela, Rejep Tayyip Erdog‘an va boshqa nufuzli yetakchilarga ham berilgan.