Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada biznes forumida qatnashdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada biznes forumida qatnashdi
  • 3
  • 20.12.2025 10:30:00
  • 1 min read

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18–19 dekabr kunlari Tokio shahrida bo‘lib, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasida biznes forum va rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etdi. Forumda Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari qatnashdi. Tadbirda Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Sumitomo, Chubu Electric Power, Shikoku Electric Power, Toyota Susho, Sojitz va JOGMEC kompaniyalari O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalari, tibbiyot markazi, infratuzilma loyihalari va mineral konlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar taqdim etdi. Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Naruxito, parlament vakillari va Do‘stlik ligasi a’zolari bilan uchrashdi, Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri Ryosey Akazava hamda yirik kompaniya rahbarlari bilan strategik sheriklik va investitsiya loyihalarini muhokama qildi. 19-dekabr kuni Akasaka saroyida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sharafiga o‘tkazilgan rasmiy qabulda ham ishtirok etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News