
- 1
- 30.01.2026 08:26:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Hatay viloyatining Arsuz tumanida zilziladan jabrlangan oilalar uchun barpo etilgan “O‘zbekiston mahallasi” turar joy majmuasi ochilish marosimida qatnashdi.
Davlat rahbari Hatay aholisi vakillarini Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekistonga 5 kunlik tashrifga taklif etib, Andijon–Samarqand–Xiva yo‘nalishi bo‘ylab sayohat tashkil etishni taklif qildi.
Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston mahallasi” loyihasi O‘zbekiston hukumati ko‘magida va Turkiyaning TOKI agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Majmua 2,2 gektar maydonda joylashib, 24 ta binodan iborat 306 ta xonadonni o‘z ichiga oladi. Uylar to‘liq jihozlangan, infratuzilma, bolalar va sport maydonchalari, avtoturargohlar barpo etilgan.
“O‘zbekiston mahallasi” O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, ishonch va o‘zaro hurmatning yaqqol ramzi hisoblanadi.