
- 1
- 27.03.2026 16:54:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekiston—Tojikiston sammitining ikkinchi kuni tadbirlari doirasida 27-mart kuni Buxoro shahriga kelishdi va shaharning asosiy tarixiy maskanlari bilan tanishdi.
Yetakchilar Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilib, Qur’on tilovat qildi va duo qildi. Shundan so‘ng Ark qo‘rg‘oni, Poyi Kalon majmuasi hamda Labi Hovuz ansambli ko‘zdan kechirildi.