“Aviator”dagi fojiali yong‘indan so‘ng savdo obyektlarida jiddiy tekshiruvlar boshlandi

“Aviator”dagi fojiali yong‘indan so‘ng savdo obyektlarida jiddiy tekshiruvlar boshlandi
  • 1
  • 04.02.2026 11:58:00
  • 1 min read

Toshkentda savdo-kulgi markazlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruvlar boshlandi. Qoidabuzarliklar aniqlangan obyektlar faoliyati kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Tekshiruvlar “Aviator” savdo markazida yosh bola vafotiga sabab bo‘lgan yong‘indan so‘ng kuchaytirildi. Mutasaddilar avtomatik yong‘in o‘chirish va xabar berish tizimlari, evakuatsiya yo‘llari, yong‘in kranlari, “Chiqish” belgilarining holatini o‘rganmoqda.
Xususan, Uchtepa tumanidagi “Globus Mall” savdo-ko‘ngilochar majmuasining bolalar o‘yin zonasi yong‘in xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzgan va odamlar hayotiga xavf tug‘dirgani sababli vaqtincha yopildi. Hozirda obyekt egalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarga favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushuntirishlar berilayotganini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News