
- 2
- 30.10.2025 20:01:00
- 1 min read
Oliy Majlis Senati “AI-Senat” videoloyihasini ishga tushirdi. Unda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual xodim parlamentda muhokama qilinayotgan qonunlar va ularning fuqarolarga qanday ta’siri borligini tushuntiradi.
Prezident 22-oktabrda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha PF–189-son Farmonni imzoladi.
Asosiy vazifalar:
• 2026-yilga qadar 100 ta AI-loyiha amalga oshiriladi;
• 2030-yilgacha AI infratuzilmasiga 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq investitsiya jalb qilinadi;
• 2026/2027 o‘quv yilidan ta’limda AI bo‘yicha darslar kiritiladi;
• 15 ta AI laboratoriyasi ishga tushiriladi;
• “ai.gov.uz” portali 2025-yil yakuniga ishga tushiriladi;
• 2026-yildan “President AI Award” va “Umummilliy AI xakatoni” o‘tkaziladi;
• Viloyat va tumanlarda AI rivojiga mas’ul maslahatchilar lavozimi joriy etiladi.