
- 6
- 21.10.2025 12:25:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida bir guruh maktab o‘quvchi qizlarining bir-birining sochidan tortib, janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqea 13–14 oktabr kunlari 41-maktabning 9-"A" sinf o‘quvchisi F.F. va 9-"B" sinf o‘quvchisi R.G. o‘rtasida telefon orqali boshlangan bahs tufayli yuz bergan. Ular keyinchalik Qoratеpa mahallasidagi Sаrbozor ko‘chasida uchrashib, janjallashgan. Holat ichki ishlar idoralari bilan birgalikda o‘rganilib, janjalda ishtirok etgan 12 nafar o‘quvchining ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarima qo‘llanildi.