Maktab o‘quvchisi Gentra’da 5 yoshli qizchani urib, qochib ketdi

Maktab o‘quvchisi Gentra’da 5 yoshli qizchani urib, qochib ketdi
  • 0
  • 24.03.2026 12:03:00
  • 1 min read

Samarqand viloyati Urgut tumanida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli qizchani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Hodisa 22-mart kuni “Charchinor” mahallasidagi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. Jabrlangan qizcha shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli qoniqarli.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida haydovchi va avtomobil topildi. Ma’lum bo‘lishicha, mashinani 11-sinf o‘quvchisi ota-onasining ruxsatisiz boshqargan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News