Tarbiyaviy” yig‘ilishdan so‘ng vafot etgan o‘quvchi qiz

Tarbiyaviy” yig‘ilishdan so‘ng vafot etgan o‘quvchi qiz
  • 0
  • 10.02.2026 16:22:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida maktab oʻquvchisining vafoti bilan bogʻliq xabarlar tarqaldi. Holat 28-yanvar kuni Olmaliq shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabida yuz bergan. 2009-yilda tug‘ilgan qiz maktab yo‘lagida hushini yo‘qotib, dastlabki tibbiy yordamlarga qaramay vafot etgan. “Nemolchi.uz”ga ko‘ra, qiz huquqni muhofaza qilish organi xodimlari ishtirokidagi yig‘ilishda stress tufayli vafot etgan. Yig‘ilish maktabda bir oʻquvchi haqida tarqalgan mish-mishlar sababli oʻtkazilgan, kattalar yuqori sinf qizlariga qo‘pol gapirgan. Mish-mish tarqatishda gumon qilingan oʻquvchilar, jumladan marhuma qiz, alohida xonaga chaqirilib gaplashilgan. Shundan keyin 17 yoshli qiz maktab yo‘lagida hushini yo‘qotgan va vafot etgan. Hozirda hodisa yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Boshqarma jamoatchilikdan rasmiy tekshiruv yakuniga qadar tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News