
- 1
- 16.04.2026 14:56:00
- 1 min read
Kecha, 14-aprel kuni Turkiyaning Qahramonmarash shahridagi maktabga 8-sinf o‘quvchisi hujum qilgani va oqibatda 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Qurbonlar soni ortib, 9 nafarga yetdi. Ularning 8 nafari o‘quvchi, 1 nafari o‘qituvchi. Hodisada yana 13 kishi jarohat olgan bo‘lib, ularning 6 nafari reanimatsiyada, 3 nafari esa og‘ir ahvolda qolmoqda.
Hujumchi ikki sinfxonaga kirib, o‘t ochgan va o‘z joniga qasd qilgan. Uning yonida bir nechta qurol va o‘q-dorilar bo‘lgan. Qurollar hujumchining sobiq politsiyachi otasiga tegishli bo‘lishi mumkinligi aytilgan va uning otasi ham qo‘lga olingan. Holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Bu Turkiyada ikki kun ichida sodir bo‘lgan ikkinchi shunday holat bo‘ldi. Bir kun avval Shonliurfa viloyatidagi litseyda ham o‘quvchi tomonidan otishma sodir etilib, 16 kishi jarohatlangan edi.
Ushbu voqealardan keyin butun mamlakat bo‘ylab maktablarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Maktab kirish joylarini qo‘riqlash uchun kamida ikkita xavfsizlik xodimi tayinlandi. 940 ta ijtimoiy tarmoq akkauntlari bloklandi, 93 ta Telegram guruhi yopildi va 83 nafar gumonlanuvchi hibsga olindi.