
- 0
- 18.04.2026 17:04:00
- 1 min read
AQSHning Oklaxoma shtatidagi maktabda direktor Kirk Mur qurollangan hujumchini zararsizlantirib, fojianing oldini oldi.
20 yoshli sobiq o‘quvchi maktabga ikki dona yarim avtomatik to‘pponcha bilan kirib, o‘quvchilarga tahdid qilgan. U bir necha bor o‘q uzishga uringan, biroq nishonga tegmagan. Shu payt direktor hujumchiga tashlanib, uni yiqitgan va yordamchilar bilan birga qo‘lga olgan. To‘qnashuv vaqtida direktor oyog‘idan yaralangan va shifoxonaga yotqizilgan.
Hujumchi qo‘lga olingan. Unga qotillikka urinish va qurol bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.