Firibgar kuyov 9 yilga qamaldi

Firibgar kuyov 9 yilga qamaldi
  • 5
  • 22.11.2025 09:12:00
  • 1 min read

Bo‘lajak kelinning uyini “12 kun garovga qo‘yish” bahonasida olib, sotib yuborgan Shahzod Rismatov ishi bo‘yicha hukm e’lon qilindi. U juda ko‘p miqdorda firibgarlik sodir etganlikda aybli deb topildi va 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi. Shu bilan birga, sud qaroriga ko‘ra, Rismatov uch nafar jabrlanuvchiga jami 4 mlrd 879 mln so‘m zararlarni qoplab berishi shartligi belgilandi. Uy bo‘yicha masala esa fuqarolik tartibida ko‘rib chiqilishi bildirildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News