
- 8
- 20.11.2026 13:35:00
- 1 min read
Iordaniya poytaxti Amman şahrida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning "Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston" nomli asarining arab tilidagi naşri taqdimoti bölib ötdi. Tadbir Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlandi.
Taqdimotda Iordaniya parlamenti aʼzolari, davlat va jamoat arboblari, siyosatçilar, ekspertlar, yirik biznes vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Asarda Özbekistonda sönggi yillarda amalga oşirilayotgan islohotlar, içki va taşqi siyosatning ustuvor yönalişlari, Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi hamda mamlakatning xalqaro maydondagi taşabbuslari yoritilgan.
Hozirga qadar mazkur asar arab, ingliz, italyan, rus va urdu tillariga tarjima qilingan. Taqdimot doirasida Özbekiston tarixi, bugungi taraqqiyoti va milliy yuksalişiga bağişlangan arab tilidagi 9 ta kitob va kitob-albom ham namoyiş etildi.
Şuningdek, "Özbekiston: sivilizatsiyalar, şaxsiyatlar, kaşfiyotlar" nomli kitoblar körgazmasi, xalqaro ilmiy konferensiya hamda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro taqdimoti taşkil etildi. Uşbu tadbirlarda ikki mamlakatdan 1500 nafardan ortiq olim, diniy soha vakillari, tadqiqotçilar va mehmonlar qatnaşdi.
Taqdim etilgan naşrlar Iordaniya kutubxonalariga sovğa qilindi.
Mazkur tadbirlar Özbekistonning tarixiy va ilmiy merosini xalqaro miqyosda tarğib qiliş, şuningdek, Özbekiston va Iordaniya örtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratildi.