O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi
  • 2
  • 28.03.2026 17:13:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh interneti sinov tariqasida ishga tushiriladi. Bu orqali chekka hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Bosh vazir Abdulla Aripovning ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda internet qamrovi 41 foizdan 99,5 foizga yetgan. Endilikda asosiy e’tibor yetib borish qiyin hududlarga qaratilmoqda.

Shuningdek, mamlakatda sun’iy intellektni rivojlantirish, raqamli infratuzilmani kengaytirish va startaplar sonini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News