
- 0
- 01.04.2026 17:23:00
- 1 min read
Xonanda Sardor Mamadaliyev 2025-yil sentabrda Namangan viloyati Chust tumanida marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevning “Ko‘rmisham”, “Bandaman” va “Karvon” qo‘shiqlarini meros boshqaruvchisidan ruxsat olmasdan ijro qilgan. Shuningdek, u ijrosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Sud qaroriga ko‘ra, Mamadaliyev mualliflik va turdosh huquqlarni buzgan deb topilib, BHMning 20 baravari — 8 mln 240 ming so‘m jarimaga tortildi.
Xonanda avvalroq mazkur ish bo‘yicha sudga ketayotgan vaqtida xavfsizlik kamarini taqmagani uchun ham jarimaga tortilgandi.