Sanjik ustidan sud boshlandi

Sanjik ustidan sud boshlandi
  • 0
  • 11.04.2026 16:09:00
  • 2 min read

26-noyabr kuni kechki paytda Real Sanjik nomi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimov maxsus reyd davomida qo‘lga olingan edi. Bu haqda inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt IIBB tezkor guruhi blogerning uyiga kelib, protsessual harakatlarni amalga oshirgan va uni bo‘limga olib ketgan. Real Sanjikka tovlamachilik va o‘qotar qurollarni noqonuniy saqlash moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Bu moddalar eng kami 3–5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi, ayrim holatlarda jazо muddati yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda firibgar kuyov kelinning uyini Sanjar Rahimovdan qarz olish uchun sotib yuborgandi. “Mojaroli uy” ishi yakunlanib, uy egasiga ya’ni qizga qaytarilgan. Firibgar kuyov esa 9 yilga qamalgandi. Sanjar Karimovning harakatlari bo‘yicha esa tekshiruv boshlangandi. Avvalroq shu shu nom bn tanilgan Sanjar hibsga olingani haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo ulug‘bek tumanida Sanjar Karimovning sud ishi bo‘yicha sud tergovi boshlandi. Mazkur sud ishi sudya Bahrom Berdiyev raisligida ko‘rib chiqilmoqda. Qayd etilishicha, sud majlisi avvalida davlat ayblovchisi— prokuror Qosimov OAV vakillari faoliyatini cheklash to‘g‘risida iltimosnoma kiritgan. Advokatlarning aksariyati ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlagan, ayrimlari esa masalani sud ixtiyoriga qoldirgan. Sud prokuror iltimosnomasini qisman qanoatlantirib, jurnalistlarga sud majlisidan jonli efir qilish va videotasvirga olishni taqiqladi, biroq audio va foto materiallar tayyorlashga ruxsat berdi. Sud tergovi davomida jabrlanuvchilardan biri — bo‘lajak kelin-kuyov mojarosi bilan bog‘liq ishda tilga olingan asosiy qahramon Shahzod Rismatovning onasi ko‘rsatma bergan. U o‘z nutqida bosimlar sababli oilaga tegishli ikki uy hamda o‘g‘lining 7 ta avtomobili sotib yuborilganini ma’lum qilgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News