
- 3
- 27.10.2025 17:15:00
- 1 min read
Avvalroq bo‘lajak kuyov tomonidan firibgarlik yo‘li bilan sotilgan uy xaridori — taniqli bloger va tadbirkor Sanjar Karimov bu uyni bolalar uyiga ehson sifatida topshirganini e’lon qilgan edi.
Biroq Ijtimoiy himoya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunga qadar bloger tomonidan turarjoyni topshirish haqida notarial tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilmagan.
Agentlikning xabar berishicha, 24-oktabr kuni Karimov muassasaga kelib, uyni tekin berish niyatini bildirgan, biroq muassasa direktori bolalar uylari davlat ta’minotida ekanini, turarjoyni rasmiy ravishda topshirish uchun hujjatlar rasmiylashtirilishi shartligini eslatgan.
Hozircha uy rasmiy ravishda bolalar uyiga o‘tmagan, jarayon hujjatlar bilan tasdiqlangachgina yakunlangan hisoblanadi.