
- 0
- 02.04.2026 18:23:00
- 1 min read
Gretsiyaning Krit orolida Afrikadan kelgan qum bo‘roni sabab osmon to‘q sariq va qizil rangga kirdi. Noqulay ob-havo tufayli Iraklion xalqaro aeroportida ko‘rish darajasi keskin pasayib, ayrim samolyotlar boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.
Mutaxassislarga ko‘ra, havodagi chang miqdori juda yuqori darajaga yetgan, aholi esa ehtiyot bo‘lishga chaqirilgan.