Samsung yangi yildagi ilk Galaxy A smartfonini namoyish qildi

Samsung yangi yildagi ilk Galaxy A smartfonini namoyish qildi
  • 7
  • 10.01.2023 09:16:00
  • 1 min read

Galaxy A14 5G modeli o‘tgan yilgi Galaxy A13 5G modeliga deyarli o‘xshash. Faqat FHD+ rezolyutsiyadagi displey va 13MP selfi kamerani aytmaganda.
Smartfon Dimensity 700 chipi, 4GB tezkor hamda microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin bo‘lgan 64GB doimiy xotiraga ega.
Orqa panelda 50MP asosiy, 2MP makro va 2MP sath kameralar joylashgan. Qurilmadagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorni 15 vatt tezlikda quvvatlasa bo‘ladi.
Android 13 operatsion tizimiga asoslangan smartfon One UI 5 grafik qobig‘ida ishlaydi. 12 yanvardan savdosi boshlanishi kutilayotgan ushbu modelning qora, yashil, qizil va oq rangli turlari bor va narxi 200 dollar bo‘ladi.
Foto:Samsung

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News